O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

​Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv​

2019-02-22 | Iqtisodiyot

Moliya vazirligida Xalqaro moliya korporatsiyasining (XMK) Lotin Amerikasi va Karib dengizi, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha vitse-prezidenti Jorjina Beyker boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ma’lumot uchun: Jahon banki Guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda xususiy sektorga yo'naltirilgan eng yirik global rivojlanish tashkiloti hisoblanadi. XMK O'zbekistonda 1993 yildan beri faoliyat yuritmoqda.

Jorjina Beyker samimiy qabul uchun o'z minnatdorchiligini izhor etib, xalqaro bozorda katta talab bilan qayd etilgan suveren obligatsiyalar chiqarilishi bilan tabrikladi.

Uchrashuv davomida Davlat-xususiy sherikchiligini (DXSh) rivojlantirish, O'zbekistonning ushbu yo'nalishda salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, raqobatbardosh va hayotga tatbiq etilayotgan loyihalar muhokama qilindi. XMK vakillari bugungi kunda ushbu mavzu respublika uchun dolzarb ekanligini, qayta tiklanuvchi energetika sohasida tashabbuslarni amalga oshirish va aholiga gemodializ bilan ta'minlashni muvaffaqiyatli qo'llab-quvvatladilar.

Muzokaralar yakunida tomonlar O'zbekistonda DXShni rivojlantirish bo'yicha treninglar va "davra suhbatlari" tashkil etish to'g'risida kelishdilar. 

Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi maslahat va boshqa davlatlarda shunga o'xshash loyihalarni amalga oshirishda erishilgan katta tajriba asosida zarur yordam ko'rsatishga tayyorligini bildirdi.

Поделиться