O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston ─ Turkiya hamkorligida yangi qadam
2019-02-22 | Iqtisodiyot
Turkiyaning “UMY Danışmanlık İç ve Dış Ticaret Limited Şirketi” kompaniyasi tomonidan yurtimiz ishbilarmon doira vakillari bilan ikki tomon hamkorlik faoliyatini mustahkamlash yuzasidan taklif kiritildi.
Shu munosabat bilan, 26 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida ikki davlat ishbilarmon doira vakillari ishtirokida B2B formatidagi muloqot tashkil etiladi. Uchrashuv doirasida oʻndan ortiq sohalarda ikki tomon hamkorlik kelishuvlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.