O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ammon shahridagi maslahatlashuvlar
2019-02-22 | Siyosat
2019-yilning 19-21-fevral kunlari Ammon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi tashqi siyosat idoralari yuridik xizmatlari oʻrtasida hamkorlikning shartnoma-huquqiy masalalari boʻyicha maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi.
Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi maslahatlashuvlar yakuniga koʻra imzolangan Oʻzbekiston-Iordaniya bitimlarining huquqiy maqomiga aniqlik kiritildi, ularni amalga oshirishning holati toʻgʻrisida maʼlumot almashildi hamda istiqbolli hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqishni faollashtirishga kelishib olindi.
Oʻzbekiston TIV delegatsiyasi Iordaniyaning turli vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar oʻtkazib, ishlab chiqilayotgan ikki tomonlama shartnomalarning loyihalarini muhokama qildi.
Iordaniya investitsiya komissiyasida, Turizm va qadimiylik, Qishloq xoʻjaligi, Adliya va Ichki ishlar vazirliklarida oʻtkazilgan muzokaralarda mazkur sohalardagi shartnoma loyihalari matni moddama-modda koʻrib chiqildi. Ikki mamlakatning turizm, qishloq xoʻjaligi tarmoqlaridagi, investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish sohasidagi ilgʻor tajribasi hamda boshqa masalalar yuzasidan maʼlumot almashildi.