O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tomchilatib sugʻorish ishlarini tashkil etishni moliyalashtirish
2019-02-22 | Iqtisodiyot
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PQ-4087 sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarining tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 103-sonli qarorlarga asosan “Agrobank” ATB ning 2019 yil 18-fevralda “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik korxonalari tomonidan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilishga tijorat kreditlari ajratish, ajratilgan kreditlar va hisoblangan foizlarni soʻndirilishi toʻgʻrisida” 13/2-sonli Boshqaruv Qarori qabul qilindi.
“Agrobank” ATB tomonidan qishloq xoʻjalik korxonalariga paxta xom ashyosini yetishtirishga tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun tijorat kreditlari ajratish tartibi.
Kredit maqsadi |
Paxta xom ashyosini yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik korxonalarida tomchilatib sugʻorish ishlarini tashkil qilish uchun. |
Kredit miqdori |
|
Kredit muddati |
3 yilgacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan ( mijoz tomonidan taqdim qilingan biznes rejaga asosan kreditni toʻliq qoplash davridan kelib chiqib 3 yildan ortiq muddatga ham berish mumkin). |
Foizi |
Bankning resurs qiymatidan kelib chiqib, mijoz bilan kelishilgan holda. |
Kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar |
-ariza; |
Jamgʻarma kompensatsiya boʻyicha taqdim qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar |
VM huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga tomchilatib sugʻorish tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ularning butlovchi qismlarini sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlari tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasidan 1 gektarga 20 million soʻmdan oshmaydigan qismining10 foizli miqdorida qoplanadi. |
Davlat byudjeti tomonidan beriladigan subsidiyalar |
Davlat byudjeti mablagʻlaridan paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun paxta xomashyosi ekiladigan maydonning har 1 gektariga 8 million soʻm subsidiya taqdim etiladi. |
|
Paxta xomashyosining mahalliy ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, tomchilatib sugʻorish tizimi ishlab chiqaruvchilari tomonidan olib kiriladigan, tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish uchun zarur boʻlgan butlovchi qismlar va xomashyo 2021 yilning 1 yanvariga qadar roʻyxatga muvofiq bojxona bojini toʻlashdan ozod etiladi. |
Byudjet mablagʻlarini oluvchilar bilan tuziladigan import shartnomalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish talabi paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilari tomonidan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish boʻyicha ishlar doirasida tuziladigan import shartnomalariga tadbiq etilmaydi |