O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ipak yoʻli - cheksiz hamkorlik“ III Xalqaro gidlar forumining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

2019-02-22 | Turizm

21-fevral kuni poytaxtimizdagi “City Palace“ mehmonxonasida “Ipak yoʻli - cheksiz hamkorlik“ III Xalqaro gidlar forumining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Butunjahon gidlar va ekskursovodlar kunini nishonlashga bagʻishlangan tadbir yurtimizdagi va xalqaro miqyosdagi 150 dan ortiq gidlarni, shuningdek, sayyohlik sohasi mutaxassislarini bir maydonga jamladi.

Forumning tantanali ochilish marosimini Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Akkulov ochib berdi. U oʻz nutqi avvalida Forum ishtirokchilarini kasb bayrami – “Butunjahon gidlar va ekskursovodlar kuni” bilan samimiy qutlab, barcha mehmonlarga tashriflari uchun minnatdorchilik bildirdi. “Bugungi kunda jahon sayyohlik markazlaridan biri, ulkan sivilizatsiyaning boy merosini saqlovchisi hamda “Buyuk Ipak yoʻlining yuragi“ boʻlgan Oʻzbekiston, sayyohlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun yirik xalqaro maydon hisoblanadi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston sayyohlik bozorida sezilarli oʻzgarishlar yuz bermoqda. Ichki va tashqi turizmning rivojlanishi kuzatilmoqda. Davlat darajasida turizm sohasi milliy iqtisodiyotning strategik tarmogʻi sifatida ustuvor ahamiyatga ega boʻlib, sayyohlar sonining oʻsishi qayd etilmoqda. Aytish lozimki, faqatgina 2018-yilning oʻzida chet ellik sayyohlar soni 2 million 600 mingdan 5 million 300 minggacha oshdi. Shuning barobarida, sayyohlik xizmatlari eksporti ham oshib, 546 million dollardan 1 milliard 40 million AQSh dollarigacha koʻtarildi. Sayyohlik mahsulotining sifatini taʼminlash borasida mehmonlar va sayyohlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri ishlaydigan gidlar, ekskursovodlar muhim rol oʻynaydi. 2019-yilning 20-fevralida sayyohlik bozori ishtirokchilarini birlashtiradigan yangi tuzilma - Oʻzbekistonning gidlar uyushmasining tashkil etilishi belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muhim qadam boʻldi, - deydi rais.

A.Akkulov yangi tashkil etilgan Uyushma gidlar va tarjimonlarning manfaatlariga xizmat qilishiga, Davlat turizm qoʻmitasi bilan hamkorliklarni amalga oshirishda vositachi vazifasini bajarishiga va ushbu sohadagi mutaxassislar faoliyatida yuzaga keladigan muammolar va masalalarni birgalikda hal qilishda yordam berishiga ishonch bildirdi.

Forumning tantanali ochilish marosimi va Milliy gidlar uyushmasining tasdiqlanishi eʼlon qilinganidan soʻng, tadbir dasturiga muvofiq uyushmaning birinchi yalpi majlisi oʻtkazildi. Unda sayyohlik ekskursiyalari tashkillashtirish sohasidagi xorijiy va mahalliy mutaxassislarning ishtirokida 2019-2025-yillarda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi masalalari koʻrib chiqildi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar xorijiy mamlakatlarning eng yaxshi tajribalari, jumladan, noqonuniy gidlar faoliyatiga qarshi kurashda Ispaniya tajribasi, shuningdek, amaliyot va zamonaviy sharoitlarda muvaffaqiyatli tendensiyalar – Fransiyaning gidlar uyushmasi tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi, hamda AQShning Milliy sayyohlik gidlari federatsiyasi (NFTGA) faoliyati haqida soʻzlab berishdi.

Поделиться