O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlarining anjumani boshlandi
2019-02-21 | Siyosat
21-fevral kuni poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshliqlarining anjumani boshlandi.
Anjuman boshlanishidan oldin bosh shtab boshliqlari hamda CЕNTCOM qoʻmondoni boshchiligidagi mehmonlar Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyib, hurmat bajo keltirdi.
Shundan soʻng, anjuman ochiq deya eʼlon qilindi. Unda Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov tadbir ishtirokchilarini qutladi. Anjumanda Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish, mintaqani yaxshi qoʻshnichilik zonasiga aylantirish, Afgʻonistondagi vaziyatga ijobiy yechim topish masalalari koʻrib chiqilishi kutilmoqda.
Afgʻoniston iqtisodiyoti oʻzini qayta tiklashida, mamlakat transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda milliy kadrlarni tayyorlash masalalarida yordam berish koʻzda tutilgan.
Anjuman yakunida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid bir qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.