O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Eltexsanoat” AK xodimlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasida Intellektual mulk obyektlari muhofazasi” mavzusidagi seminar

2019-02-21 | Jamiyat

2019-yil 19-fevralda Agentlikda “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4090-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik mutaxassislari tomonidan “Eltexsanoat” AK xodimlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasida Intellektual mulk obyektlari muhofazasi” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Seminar ishtirokchilari Agentlik mutaxassislariga tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va hammaga maʼlum boʻlgan belgilarning Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinishiga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib kerakli javoblarni oldilar, shuningdek oʻz taklif-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir soʻnggida yigʻilish qatnashchilari bunday tadbirlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish zarurligini taʼkidlab oʻtdilar.

Поделиться