O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Leroy Merlin” Oʻzbekiston bozoriga kirish niyatida
2019-02-20 | Iqtisodiyot
20-fevral kuni poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida Oʻzbekiston-Fransiya biznes-forumi tashkil etildi.
Tadbirda Fransiya tomonidan ishtirok etgan “Commerzbank” banki, “Leroy Merlin”, “POMA”, “Assystem”, “Laboratoires Gilbert”, “Spektrum” kabi tijorat, qurilish materiallari savdosi, transport-logistika, farmatsevtika, tibbiyot, elektr texnikasi, atom energetikasi sohalarida faoliyat olib boruvchi oʻndan ziyod kompaniyalar rahbarlari mamlakatimiz bilan biznes aloqalarni rivojlantirishga, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Xususan, “Leroy Merlin”ning MDH boʻyicha rivojlanish direktori David Glasson kompaniya Oʻzbekiston, xususan Toshkent bozoriga kirish imkoniyatlarini koʻrib chiqayotganini maʼlum qildi.
Qurilish materiallari sotishga ixtisoslashgan ushbu kompaniyaning dunyo boʻylab 300 dan ziyod savdo markazi faoliyat koʻrsatmoqda. Chakana savdo hajmi boʻyicha “Leroy Merlin” Yevropada 1-oʻrinni, jahonda esa 3-oʻrinni egallagan.
– Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar biz uchun juda muhim, bu kelgusida mamlakatingizda “Leroy Merlin”ning ilk savdo markazini ochishga ham yordam beradi, – dedi u. Biz shu qurilish materiallari savdosi sohasida mamlakatingizga sarmoya kiritishga tayyormiz. Toshkent bozoriga tezroq kirish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqdamiz.
David Glassonning soʻzlariga koʻra, “Leroy Merlin” kelgusida Toshkentda ilk savdo markazini ochishi mumkin. – Bu 5-6 gektar maydonni oʻz ichiga olgan yirik savdo markazi boʻladi va 300 dan ziyod kishini ish bilan taʼminlaydi, – dedi u.
Malohat Husanova, OʻzA