O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya sanoat texnologiyalari instituti – KITECH delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2019-02-20 | Iqtisodiyot

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasida Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) Xalqaro hamkorlik departamenti direktori janob Chung Jae-Hak boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Toshkentda “Koreya Respublikasi Hukumatining rasmiy taraqqiyot yordami” doirasidagi grant mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan Koreya-Oʻzbekiston toʻqimachilik Texnoparki loyihaning bugungi holati muhokama qilindi.

Tomonlar birgalikda amalga oshirilayotgan nou-xau loyihalari va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishdagi hamkorlik, mahalliy toʻqimachilik mahsulotlari sifatini nazorat qilish va sertifikatlash, uning raqobatbardoshligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tarbirlarni alohida taʼkidlashdi. Shuningdek, tomonlar kelgusida Oʻzbekiston viloyatlarida Texnoparkning qoʻshimcha filiallarini tashkil etish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu esa mamlakatimizning chekka hududlarida malakali mutaxassislar tayyorlash va malaka oshirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Uchrashuv davomida tomonlar toʻqimachilik, sifatni nazorat qilish va sertifikatlash sohasida ilgʻor xalqaro tajribani amalga oshirishda Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) va “Oʻztektoʻqimachiliksanoat“ uyushmasi oʻrtasida oʻzaro munosabatlar yuqori darajada ekanligi va jadal rivojlanib borayotganini taʼkidlashdi.

Поделиться