O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Butunjahon Intellektual mulk tashkilotining “Eng yaxshi ixtiro“ medali va “Intellektual mulk sohasida eng yaxshi korxona“ mukofotiga tanlov eʼlon qilinadi

2019-02-20 | Fan

Butunjahon Intellektual mulk tashkilotining “Eng yaxshi ixtiro“ medali va “Intellektual mulk sohasida eng yaxshi korxona“ mukofoti oliy kategoriyali maxsus mukofot boʻlib hisoblanib, ixtirochilik, ijodkorlik va innovasion faoliyatni ragʻbatlantirish, ixtirochilar, mualliflar imidjini yaratish va intellektual mulkni oʻz faoliyatida effektiv foydalanuvchi milliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida BIMT tomonidan taʼsis qilingan.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2014-yildan 2018-yilgacha muhofaza hujjatlari (ixtirolar yoki foydali modellarga patentlar, tovar belgilariga guvohnomalar) olgan talabnomalar qatnashishi mumkin. 

Ilgari oʻtkazilgan tanlovlarda mukofotli oʻrinlarni egallagan talabnomalar ushbu tanlovda koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi Tanlov gʻoliblari “26-aprel - Xalqaro intellektual mulk kuni“ arafasida eʼlon qilinadi. 

Tanlovda ishtirok etish uchun talabnomalar “Butunjahon Intellektual mulk tashkilotining “Eng yaxshi ixtiro“ medali va “Intellektual mulk sohasida eng yaxshi korxona“ mukofotiga“ deb koʻrsatilgan holda 2019-yilning 20-fevralidan 20-martgacha quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59-uy. 
Shuningdek, talabnomalar akt@ima.uz elektron pochtasi orqali ham yuborilishi mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: 0 371 232-50-32, 0 371 232-50-27.

Koʻrib chiqish uchun qabul qilingan ariza va hujjatlar tanlov ishtirokchilariga qaytarilmaydi va ularga taqrizlar berilmaydi.

Tanlov nizomi (rus tilida)./upload/fayl/Положение конкурса - 2019 года (для сайта).doc
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza /upload/fayl/ариза формаси.doc

Поделиться