O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport muassasalariga 2 milliard 650,7 million soʻmlik jihozlar tarqatildi

2019-02-20 | Sport

Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tarbiyalash, zamonaviy sport inshootlarini barpo etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan qabul qilingan dastur ijrosini taʼminlash doirasida sport maktablari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sport inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Orolboʻyida ham yosh avlodning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilib, oʻtgan yilda bitta bolalar sport inshooti rekonstruksiya qilindi, toʻrtta sport inshooti yangidan barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda Qoraqalpogʻistonda bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 2 milliard 607,5 million soʻmlik jihozlar ajratilib, soha mutaxassislari ishtirokida tarqatilmoqda.

– Mamlakatimizda yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalashga qaratilayotgan alohida eʼtibor oʻzining yuksak samarasini bermoqda, – deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi direktori Sansizboy Saparniyazov. – Ellikqalʼa tumanidagi oʻtgan yil rekonstruksiya qilingan, Chimboy, Amudaryo, Qoraoʻzak tumanlaridagi yangidan qurilgan suzish havzalariga 62 turdagi 1 milliard 500,6 million soʻmlik, Nukus shahri, Beruniy, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Shumanay, Qonlikoʻl, Qoʻngʻirot, Moʻynoq, Nukus, Kegeyli va Taxtakoʻpir tumanidagi 19 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga 1 milliard 106,7 million soʻmlik 48 turdagi sport jihozlari bilan taʼminlandi.

– Muassasamizga 46 turdagi 91 million soʻmlikdan ortiq sport jihozlari berilishi yosh sportchilarni quvontirmoqda, – deydi Moʻynoq tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori Lepesboy Yesbergenov. – 2017-yilda mahalliy byudjet tomonidan ajratilgan 174 million soʻmlik joriy taʼmirlash ishlari olib borilgan maktabimizda bolalar sportning 8 turi bilan shugʻullanib kelmoqda. Mana shunday imkoniyatlar natijasida Turdiboy Seytmuratov kurash boʻyicha Hindistonda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, Davlat Jumaboyev hamda Davlat Seytjanov boks boʻyicha, Sabrina Uzoqboyeva kurash boʻyicha Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston chempionatida sovrinli oʻrinlarni egalladi. Voleybolchi qizlarimizdan Gulchehra Ibragimova hamda Indira Nasratdinovalar Qoraqalpogʻiston terma jamoasi tarkibida Universiada, “Barkamol avlod” musobaqalarida chempionlikni qulga kiritdi.

Sport muassasalarining yangi jihozlar bilan taʼminlanishi yoshlarimiz oʻrtasida mana shunday chempionlar yetishib chiqishiga xizmat qiladi.

Поделиться