O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda “Idoralararo mobil guruhi”ning hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi

2019-02-19 | Jamiyat

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasida BMT Giyohvand va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining “Mobil guruhlar tashkil qilish yoʻli bilan Oʻzbekistonda afgʻon giyohvandlik vositalarining kontrabandasiga qarshi kurashish” boʻyicha Samarqand mintaqasida tashkil etilgan “Idoralararo mobil guruhi” tomonidan 2018-yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda BMT Giyohvand va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi hududiy vakili Ashita Mittal, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Olim Narzullayev, Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi boshligʻi Erkin Salixov va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda Samarqand mintaqasi 2018-yilda narkotik moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlari tahlil qilindi. Giyohvandlik insoniyat kelajagiga tahdid solayotgan eng xavfli global muammolardan biri ekani qayd etildi.

Mamlakatimiz hududida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanuvini odini olish borasida hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida joylashgan DXX, IIB va Bojxona boshqarmalarida xizmat olib borayotgan xodimlaridan iborat “Idoralararo mobil guruh” tuzilib, mazkur mobil guruhning markaziy Shtabi Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi etib belgilandi.

Ushbu tuzilgan “Idoralararo mobil guruh” uchun Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi maʼmuriy binosida alohida xizmat xona ajratilib, xonada narkotik moddalarning noqonuniy aylanuvini oldini olishda qoʻllaniladigan barcha aloqa va texnik vositalari jamlangan.

Bugungi kunda Samarqand mintaqasi qoʻshni Turkmaniston, Qozogʻiston va Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hisoblanib, jami 6 ta chegara oʻtkazish postlari mavjud (Samarqandda 2 ta, Buxoroda 3 ta, Navoiyda 1 ta). Mazkur oʻtkazish postlari giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanuvini oldini olishda foydalaniladigan barcha turdagi zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, chegara bojxona postlarida giyohvand moddalarni qidirish yoʻnalishi boʻyicha maxsus tayyorlangan kichik-inspektor kinologlar oʻzlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida harakatlanayotgan transport vositalari va yoʻlovchilarning qoʻl yuklarini bojxona koʻrigidan oʻtkazib kelishmoqda.

2018-yil davomida Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanuvini oldini olish borasida “Idoralararo mobil guruh” tomonidan amalga oshirilgan ishlarga eʼtibor qaratsak, jami 27,31 kg giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari noqonuniy muomaladan olingan.

Qayd etish joizki, bugungi kunda giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanuvini oldini olish hamda uning salbiy asoratlari toʻgʻrisida joylardagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida targʻibot-tashviqot ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Bu esa albatta ijobiy natija beradi.

Yigʻilishda BMT Giyohvand va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi hududiy vakili Ashita Mittal tadbir qatnashchilaridan takliflar qabul qilib, kelgusida amalga oshirilishi kutilayotgan chora-tadbirlarni belgilab oldi. Shu bilan birga Ashita Mittal xonim tadbir tashkilotchilariga alohida minnatdorchilik bildirib oʻtdi.

Tadbir yakunida mehmonlarga bojxonachilar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Поделиться