O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Book café” ishga tushdi

2019-02-19 | Madaniyat

Toshkent farmatsevtika institutida ishga tushgan “Book café” oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara asarlaridan namunalar, mutaxassislik boʻyicha ilmiy adabiyotlar, risolalar bilan jihozlangan boʻlib, talabalar bu yerda tamaddi qilish bilan birga sevgan kitoblarni mutolaa qilishlari ham mumkin. 

Talabalar oʻzlariga zarur boʻlgan kitoblarni Internet tarmogʻi orqali topib, undan foydalanishlari uchun “Book café”da bepul wi-fi tarmogʻi ham oʻrnatilgan. Bunday qulaylik yoshlarni qiziqtirishi tabiiy. 

Institut rektori “Book café” faoliyati talabalarning oʻzlari jamoatchilik nazoratini olib borishi, yoshlarning talab va takliflari asosida maskan faoliyati takomillashtirib borilishini taʼkidladi. Shuningdek, talabalar-yoshlarning yaratilgan bu kabi imkoniyatdan qay darajada oqilona foydalanishi ham monitoring qilinishini maʼlum qildi.

Поделиться