O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ISO/IEC 17025 xalqaro standarti yangi tahrirdagi talablarini sifat menejmenti tizimiga joriy etishga kelishib olindi

2019-02-19 | Jamiyat

2019-yil 5-fevraldan 7-fevralgacha Germaniya Federativ Respublikasining Braunshveyg shahrida Davlat metrologiya muassasalarining Yevro-osiyo hamkorligi (KOOMЕT) doirasida Germaniya Federativ fizika-texnika instituti (PTB) tomonidan tashkil qilingan “ISO/IEC 17025 xalqaro standarti yangi versiyasining yangilangan talablarini MMI/MI sifat menejmenti tizimiga joriy etish” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Mazkur xalqaro anjumanda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti bosh mutaxassisi Marat Yunusov ishtirok etdi.

Seminarda PTB trenerlari guruhi ISO/IEC 17025 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalarining layoqatliligiga qoʻyiladigan umumiy talablar” xalqaro standartining versiyalari oʻrtasidagi asosiy farqlarni taʼkidladi. Milliy metrologiya institutlari va KOOMЕT ishtirokchi-davlatlarining tayinlangan institutlari vakillari fikr almashib, standartning yangi versiyasini joriy etish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.

Поделиться