O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda “Markaziy Osiyoda oʻzaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi

2019-02-19 | Siyosat

19 fevral kuni Toshkentda “Markaziy Osiyoda oʻzaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi. 

Nufuzli anjumanning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German soʻzga chiqdi. 
 
– Konferensiya davlatimiz tomonidan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish doirasida oʻtkazilmoqda, – dedi A.Komilov. – Minglar yillar davomida Markaziy Osiyo oʻz geografik joylashuvi bilan Yevropani Osiyoga, Yaqin Sharqqa bogʻlovchi koʻprik vazifasini oʻtagan. 
 
– Bugungi kunda Markaziy Osiyoda ikki tomonlama va koʻp tomonlama munosabatlar shiddat bilan rivojlanmoqda, – dedi N.German. – Oʻtgan qisqa davrda Markaziy Osiyo davlatlari siyosiy irodasi bilan mintaqada xavfsizlikni taʼminlash borasida qator tashabbuslar oʻrtaga tashlandi. Biz ushbu tashabbuslarni qoʻllab quvvatlaymiz. 
 
Konferensiya Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda Afgʻoniston, AQSH,Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston,Isroil, Ispaniya, Italiya, Qozogʻiston, Kanada, Misr, Xitoy, Kuvayt, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, Oʻzbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Shimoliy kengash, Amerika davlatlari tashkiloti, Arktika maslahatlashuv kengashi mintaqaviy tuzilmalari, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa investitsion banki va boshqa xalqaro moliya institutlari ekspertlari ishtirok etmoqda. 
 
Ikki kunlik anjuman doirasida mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalanish, taʼlim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qilinadi. 
 
Ayni vaqtda nufuzli anjumanning “Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning yangi oʻsish surʼatlari – mintaqadan nigoh” mavzusidagi birinchi yalpi yigʻilishi ochildi. 
 

Malohat Husanova, OʻzA

Поделиться