O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yalpi pasportlashtirish jarayoni boshlandi

2019-02-19 | Iqtisodiyot

Soliq islohotlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini profilaktika qilish maqsadida yalpi pasportlashtirish (koʻzdan kechirish hamda soʻrov oʻtkazish) tadbirlari boshlangan.

Ushbu tadbirlar xoʻjalik subyektlarini tekshirish bilan umuman bogʻliq boʻlmasdan, asosiy maqsad tadbirkorlarga soliq qonunchiligiga rioya etishlari uchun koʻmak va maslahat berishdan iborat.

Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan hech qanday maʼmuriy va moliyaviy jarimalar qoʻllanilmaydi hamda mavjud tushunmovchiliklar va kamchiliklar hamkorlikda bartaraf etiladi.

Mazkur tadbirlarga 2 558 nafar davlat soliq xizmati organi xodimlari jalb etilib, dastlabki ikki kuni davomida 19 032 ta obyektlar koʻzdan kechirilgan.

Natijada:

– 5 651 nafar mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlayotgan fuqarolarga ijtimoiy himoyalanishlari uchun ish beruvchilar bilan munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirishlari;

– 2 254 nafar jismoniy shaxslarga davlat roʻyxatidan oʻtib, tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari;

– 3 968 ta obyekt egalariga ijara shartnomalarini davlat soliq inspeksiyalarida roʻyxatga qoʻyishlari va 875 ta mol-mulk obyekti hamda er maydoni egalariga mulkini kadastr idoralarida roʻyxatdan oʻtkazishlari toʻgʻrisida profilaktik suhbat va ogohlantirishlar berilgan.

Поделиться