O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
EʼLON
2019-02-18 | Iqtisodiyot
20 fevral kuni soat 11:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi press-xollida “Oʻzbekistonda avtomobil yoʻllari qurilishi: yutuq va muammolar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.
Tadbirda avtomobil va ichki yoʻllar qurilishining respublika miqyosidagi qamrovi, qurilayotgan yoʻllarning sifati, ichki yoʻllardagi nosozliklar va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot beriladi.
Shuningdek, nosoz yoʻllarning transport hodisalariga taʼsiri tahlil qilinadi.
Anjumanda Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etadi.
Ushbu tadbirga mutaxassislar, jurnalistlar, blogerlar taklif etiladi.
Qatnashuvchilar oldindan roʻyxatdan oʻtishi soʻraladi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun:
99 874 25 02