O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida

2019-02-18 | Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimida yurt tinchligini taʼminlash bilan bir qatorda sanʼatga mehr qoʻygan, isteʼdodli xodimlar juda koʻp. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, isteʼfodagi polkovnik Ikromjon Boʻronov ham ichki ishlar organlari faxriysi va elimiz suygan sanʼatkor sifatida yoshlar uchun ibrat boʻlgan haqiqiy vatanparvar va fidoyi insonlardan biridir.

IIVning Madaniyat saroyida ustazoda sanʼatkorning hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Sen bahorni sogʻinmadingmi?” nomli kitob taqdimotiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda isteʼdodli sanʼatkor, tizim faxriysining yaqinlari, shogirdlari va oila aʼzolari bilan birga, Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Baxrom Adilov, Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari xalq artisti Yodgor Saʼdiyev hamda vazirlikning bir qator rahbar xodimlari ishtirok etishdi.

Kechaga yigʻilgan ustoz sanʼatkorning safdoshlari, hamkasblari va shogirdlari Ikromjon Boʻronovning hayoti va ijodiga alohida toʻxtalib, birgalikda erishgan yutuqlari-yu, qiyinchiliklarni zalda oʻtirgan ichki ishlar organlari xodimlari va tizimning oʻquv muassasalarida tahsil olayotgan boʻlajak kadrlariga soʻzlab berdilar.

Oʻz oʻrnida Ikromjon Boʻronov hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Sen bahorni sogʻinmadingmi?” nomli kitob haqida toʻxtaladigan boʻlsak, kitobda uning bolalikdan bugungi kunga kadar bosib oʻtgan hayot yoʻli, xizmat va ijodiy faoliyati, hayotdan, ustozlaridan olgan saboqlari, doʻstlar sadoqati va shogirdlar ehtiromi haqida soʻz yuritilgan.

Kitobdagi har bir maqolada Ikromjon Boʻronovning avvalo oddiy inson sifatidagi fazilatlari, mehnatsevarligi, kamtarligi va tashabbuskorligi, zarur kezlardagi qatʼiyati va shijoati haqida hikoya qilinadi.

Bu insonni nafaqat ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari, balki sanʼatsevar xalqimiz ham juda yaxshi taniydi, nomini doimo hurmat-ehtirom bilan tilga oladi.

U kishi harbiy xizmatda boʻlgan davridayoq havaskorlar ansamblini tuzib, konsertlar uyushtirgan va uning negizida harbiy ansambl tashkil qilgan. Keyinchalik Ikromjon Boʻronov ichki ishlar organlarining turli lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.

Ular qaysi vazifa va lavozimda ishlashidan qatʼi nazar masʼuliyatli xodim, talabchan va adolatli rahbar sifatida hurmatga ega boʻlgan. Xizmat faoliyati davomida shaxsiy tarkibni tarbiyalash, xodimlarni oʻqitish, bilim saviyasini oshirishga alohida eʼtibor qaratib, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirishga munosib hissa qoʻshdi.

Oʻzining samarali mehnati bilan oddiy askarlikdan polkovnik unvoniga, havaskor sanʼatkordan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” darajasiga koʻtarildi.

Barchamiz sevib tinglaydigan “Sen bahorni sogʻinmadingmi?” koʻshigʻi bugun oradan yarim asrdan koʻp vaqt oʻtgan boʻlsada, hamon elimizning suyukli koʻshigʻi sifatida yangrab kelmoqda.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, ushbu isteʼdod sohibi ichki ishlar tizimida isteʼfoga chiqqanidan soʻng, 1991-yili shogirdlari bilan birga Ichki ishlar vazirligida yangi ansambl tuzgan. Badiiy jamoaga taniqli sanʼatkorlar bilan birga, yosh, isteʼdodli xonanda va sozandalarni jamlab, vatanparvarlik, mardlik va jasoratni madh etuvchi ijod namunalarini yaratdi. Vazirlik ansamblining yangi avlod vakillari ham bugungi kunda xalqimizga sidqidildan xizmat qilib, ularning qalbidan joy olib kelmoqda. Ularning ustozi Ikromjon Boʻronov ham soha xodimlarining maʼnaviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirishga, yosh avlodni Vatanga muhabbat va xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Поделиться