O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk Britaniya tashqi ishlar davlat vaziri bilan uchrashuv

2019-02-18 | Siyosat

2019-yilning 15-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Myunxen shahrida (Germaniya) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining tashqi ishlar davlat vaziri Alan Dunkan bilan uchrashdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muzokaralarda Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya Savdo-sanoat kengashining navbatdagi majlisi hamda uning doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Buyuk Britaniya ishbilarmon doiralari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifiga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu tadbirlarning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Поделиться