O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri bilan uchrashuv

2019-02-18 | Siyosat

2019-yilning 15-fevral kuni Xavfsizlik boʻyicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Mudofaa vaziri Gevin Aleksandr Uilyamson bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya aloqalari holati va kengaytirish istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, hozirgi xatar va xavfsizlikka tahdidlar bilan kurashish masalalari muhokama qilindi.

G.Uilyamson harbiy sohadagi Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligi darajasini ijobiy baholar ekan, Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining ushbu sohada aloqalarni rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Britaniya tomoni Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tizimidagi islohotlar jarayoniga, jumladan, Qurolli kuchlarni takomillashtirish va harbiy xizmatchilar malakasini oshirishga yordam koʻrsatishga tayyorligi maʼlum qilindi.

Afgʻonistondagi vaziyat rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratildi. Britan vaziri rasmiy London tomonidan 2018-yil mart oyida Afgʻoniston boʻyicha Toshkent konferensiyasining natijalarini qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidladi. Ushbu tadbirda xalqaro hamjamiyatda Afgʻonistonda tinch siyosiy jarayonni boshlashga yordam berish zarurligi toʻgʻrisida umumiy fikrga erishilgan edi.

Bundan tashqari, G.Uilyamson Afgʻoniston boʻyicha Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya maslahatlashuvlarini ikki tomonlama munosabatlarning muhim mexanizmi deb atadi va Buyuk Britaniyaning ushbu yoʻnalishda yanada yaqin hamkorlik qilishga tayyorligini qayd etdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonning Afgʻonistonda ilgari surgan yirik ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalari tashabbuslarini Britaniya tomoni qoʻllab-quvvatlashi yuzasidan ham fikr almashildi.

Поделиться