O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Pokiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2019-02-18 | Siyosat
2019-yilning 15-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Myunxen shahrida (Germaniya) xavfsizlik boʻyicha konferensiya ishida qatnashayotgan Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi hamda Oʻzbekiston – Pokiston hamkorligining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasidagi munosabatlarda soʻnggi ikki yilda kuzatilayotgan faollashish davlatlararo hamkorlikni kengaytirish uchun, jumladan Afgʻonistondagi holatni tinch yoʻl bilan bartaraf etishga koʻmaklashish borasidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish boʻyicha obyektiv shart-sharoitlarni yaratishi taʼkidlandi.
Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.