O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TIUda Angular Meetup ishlab chiquvchilarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

2019-02-15 | Texnologiyalar

Toshkent shahridagi Inha universitetida Angular Meetup ishlab chiquvchilarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Angular - bu ochiq boshlangʻich kodli JavaScript-freymvork. Bir sahifali ilovalarni ishlab chiqish uchun moʻljallangan. Uning maqsadi MVC-shabloni asosidagi brauzerli ilovalarni kengaytirish, shuningdek sinash va ishlab chiqishni soddalashtirishdan iborat.

Spikerlar sifatida Doniyor Yusupov (Quanto), Ismoil Solixoʻjayev (Symbiotries.inc), Aleks Kulagin (Shtrihpunktir ream) va Alisher Nuritdinov (Inspired) soʻzga chiqdi.

Uchrashuv davomida spikerlar “Loyiha tarkibini tashkil qilish”, “Angular dagi yoʻnaltirish”, “Oqimlar bilan ishlash va asosiy xatolar” hamda “Angular dagi reaktiv shakllar” kabi mavzularni koʻrib chiqdi.

TIU talabalari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Поделиться