O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda xalqaro statistika standartlari va eng yaxshi amaliyotini joriy etish boʻyicha hisobot

2019-02-15 | Jamiyat

Rasmiy statistika - har qanday davlat axborot tizimining muhim elementi boʻlib, hukumat, iqtisodiyot va jamoatchilikni iqtisodiy, demografik, ijtimoiy va ekologik vaziyat haqida maʼlumot beradi. Milliy statistika tizimlari Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish uchun mamlakatlarning rivojlanishini baholashda muhim rol oʻynaydi.

Joriy yilning 13-fevral kuni Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) Oʻzbekistonda xalqaro statistika standartlari va eng yaxshi amaliyotlarni amalga oshirish boʻyicha hisobot eʼlon qildi.

Hisobot BMT YIKning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmati (Yevrostat) hamda Yevropa erkin savdo uyushmasi (YFTA)lar bilan hamkorlikdagi 2018-yilning oktabr-noyabr oylarida oʻtkazgan oʻrganishi natijasida tayyorlangan.

Hisobotda BMT YIKning statistika boʻyicha mintaqaviy maslahatchisi boshchiligidagi xalqaro tashkilotlarning ekspertlari guruhi tomonidan berilgan sharh va tavsiyalar mavjud. U uchta asosiy yoʻnalishni qamrab oladi: Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistikasini asosiy prinsiplariga rioya qilish, institutsional masalalar va statistik faoliyatning asosiy yoʻnalishlari, jumladan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) statistikasi.

Xalqaro ekspertlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy statistika tizimining rivojlanish darajasiga yuqori baho berishdi. Soʻnggi yillarda statistik ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va xalqaro standartlarni joriy etish borasida katta saʼy-harakatlar amalga oshirildi. Baʼzi sohalarda xalqaro standartlar va eng yaxshi amaliyotlarning eng soʻnggi andozalariga toʻliq mos kelishini taʼminlash uchun baʼzi ishlar qilish kerak, lekin aksariyat jabhalarda islohotlar boshlangan va yaqin kelajakda bu oʻz samarasini beradi albatta.

Xalqaro ekspertlar tomonidan aniqlangan eng katta muammo, bu - Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olishning soʻngisi 1989-yilda oʻtkazgan. Aholini roʻyxatga olish iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlarni oʻlchash uchun asosiy demografik maʼlumotlar manbai sifatida muhimdir. BRMga erishish jarayonini kuzatishda avvalo aholining demografik koʻrsatkichlari muhim hisoblanadi. Shu bois, hisobotda keltirilgan 57 ta tavsiyalarning eng muhimlaridan biri, 2022-yilda boʻlib oʻtadigan aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish, yuqori saviyada tashkil etishga eng asosiy masalalardan biri sifatida eʼtibor qaratish va toʻliq qoʻllab-quvvatlanishdir.

BMT YIK boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Davlat statistika qoʻmitasi bilan ushbu samarali hamkorlikni rivojlantirishga umid qiladi. Hisobotda bayon etilgan tavsiyalarni amalga oshirish va Oʻzbekiston milliy statistika tizimini yanada mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirishda hamkorligimiz zarur, bu borada chora-tadbirlar toʻgʻri amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro statistika standartlari va ilgʻor tajribalarni amalga oshirish boʻyicha birgalikda oʻtkazilgan oʻrganishni quyidagi manzilda koʻrish mumkin: Havola

Поделиться