O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniy hamkorlikning yangi istiqbollari

2019-02-15 | Madaniyat

Joriy yilning 14-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Madaniyat vaziri B.Sayfullayev va Koreya Respublikasi Madaniy meros Administratsiyasining delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Samarqand davlat muzey qoʻriqxonasi laboratoriyasining texnik bazasini takomillashtirish, Afrosiyob muzeyida joylashgan freskalarni oynali vosita bilan jihozlash boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Koreya Respublikasi Madaniy meros Administratsiyasining delegatsiyasi oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolash, muzey xodimlari oʻrtasida tajriba almashish, hamkorlikda seminarlar tashkil etish masalalari muhokama etildi. 

Поделиться