O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat vaziri B.Sayfullayev sanʼat va madaniyat maktablari, direktorlari bilan uchrashuvi

2019-02-15 | Madaniyat

Joriy yilning 12-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev vazirlikning majlislar zalida Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlari direktorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Vazir bugungi kunda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator qarorlar toʻgʻrisida, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror va undagi amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida batafsil gapirib oʻtdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi “Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 9-son qaroriga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, bugungi kunda tizimdagi taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar, sanʼat va madaniyat sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga alohida etibor berish lozimligi haqida toʻxtalib oʻtdi. 

Поделиться