O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Barcha maktablarda Bobur tavalludining 536 yilligi keng nishonlandi

2019-02-15 | Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 14 fevral — buyuk shoir, olim, davlat va jamoat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan barcha taʼlim muassasalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, oʻquvchilar oʻrtasida “Mushoira kechasi”, “Gʻazalxonlik bellashuvi”, “Sheʼrxonlik”, “Donolar bisotidan”, “Bahru-bayt” kabi turkum tadbirlar va adabiy kechalar tashkil etildi. Sinflar oʻrtasida “Eng yaxshi devoriy gazeta”, “Bobur asarlari bilimdoni”, “Oʻz qoʻlimiz bilan geometrik shakl yasaymiz”, “Bobur gʻazallari bilimdoni” kabi qator tanlovlar oʻtkazildi. Shuningdek, Bobur hayoti bilan bogʻliq sahna koʻrinishlari namoyish etildi va gʻazallaridan namunalar oʻqildi.

Tadbirlarda xalqimizning boy madaniy merosi, xususan, buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ilmiy-badiiy asarlari jahon ilm-fani, adabiyoti rivojida muhim ahamiyat kasb etgani taʼkidlandi. Bobur va boburiylar hayoti, ijodiy merosini oʻrganish, targʻib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida oʻquvchilarga maʼlumotlar berildi.

Tadbirlar davomida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining hududiy boʻlimlari bilan hamkorlikda taʼlim muassasalariga yozuvchi va shoirlar taklif etildi va ular bilan davra suhbatlari hamda uchrashuvlar tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarda faol ishtirok etgan oʻquvchilar “Faxriy yorliq” va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Поделиться