O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Gross Insurance” sugʻurta kompaniyasi tomonidan tezkor yordam loyihasi ishlab chiqildi
2019-02-15 | Turizm
Zamonaviy turizm sanoati Oʻzbekistondagi eng yirik va tez fursatda rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda asrlarga guvoh boʻlgan noyob tarixiy yodgorliklar, oʻziga xos milliy urf–odatlar, oʻzbek xalqining ajoyib milliy taomlari, ekologik toza meva, sabzavot, poliz mahsulotlari, betakror tabiati sayyohlarni oʻziga ohangrabodek jalb etib kelmoqda. Yurtimizning turizm sohasidagi ulkan salohiyatini tashrif buyurayotgan sayyohlar sonining yildan yilga oshishidan ham bilishimiz mumkin.
Joriy yilning 13-fevral kuni “WYNDHAM” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Gross Insurance” sugʻurta kompaniyasi hamkorlikda mobil ilovaning taqdimotini oʻtkazdi.
“Gross Insurance” sugʻurta kompaniyasi mijozlarga yanada sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, Kompaniyada 24 soatlik Mijozlarni qoʻllab–quvvatlash xizmati, professional tibbiy guruh hamda onlayn sugʻurtalash tizimi faoliyatlari yoʻlga quyildi.
Kompaniya oʻz mijozlari uchun yangi imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida Sugʻurta bozorida birinchi boʻlib mobil ilova ishlab chiqib, sayyohlar uchun tezkor yordam koʻrsatish boʻyicha yana bitta innavatsion loyihani hayotga tadbiq etdi.
Ilovani "Play Market” hamda “App Store” platformalari orqali bepul yuklab olish mumkin.
Tadbirda sayyohlik firma va kompaniyalari vakillarini qiziqtirgan masalalar, ayniqsa, sayyohlarni sugʻurtalash, bu xizmat koʻlamini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Maʼlumot uchun: Mazkur ilova sugʻurta bozorimizdagi dastlabki mobil ilova boʻlib, sayyohlar uchun tezkor yordam koʻrsatish boʻyicha yangi innavatsion loyiha hisoblanadi.