O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi jurnalistlarning malakasini oshiradi

2019-02-14 | Jamiyat

Adliya vazirligi jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun huquqiy mavzularda oʻquv kurslaritashkil qilmoqda.

“Jurnalistika: huquqiy amaliyot va koʻnikmalar” deb nomlangan ushbu oʻquv kurslari toʻrtta kontingent (matbuot, televideniye, radio va elektron ommaviy axborot vositalari)ni oʻzi ichiga olib, dastlabki oʻquv kurslari joriy yilning fevral oyida tashkil etiladi.

Oʻquv kurslarini samarali tashkil etish boʻyicha rivojlangan davlatlar amaliyotiga tayangan holda oʻquv dasturi ishlab chiqildi.

Ushbu dasturga asosan mashgʻulotlar ikki kun davom etib, ular quyidagi modullar asosida olib boriladi:

ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy kafolatlari;

jurnalistning huquqlari va majburiyatlari;

axborot olish va tarqatish kafolatlari, axborot tarqatishda inson shaʼni, qadr-qimmatini himoya qilish va javobgarlik masalalari;

qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash, muhokama qilish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va qabul qilish. Qonunchilikni sharhlash;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi islohotlar, uni ommaviy axborot vositalari yoritish;

murojaatlar bilan ishlash. Davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari;

huquqiy materiallarni tayyorlashda jurnalistning yuridik leksikadan foydalanishiga doir qoidalar;

OAV xodimlarining Lex.uz qonun hujjatlari elektron bazasi bilan ishlashi;

jurnalist etikasi va axloqiy chegaralar;

korrupsiyaga qarshi kurashishda OAVning ishtiroki.

Jurnalistlar uchun ushbu kurslar doimiy ravishda amalga oshiriladi.

Mashgʻulotlar malakali va tajribali huquqshunos va jurnalistlar tomonidan interaktiv va faol suhbatlar tarzidainnovatsion texnologiyalardan foydalanilgan holda tashkil etiladi.

Ushbu kurslarda tahsil olish bepul boʻlib, xohlovchilar quyidagi manzilga murojaat etishlari mumkin: targibot@minjust.gov.uz.

Kurs bitiruvchilariga tegishli sertifikatlar taqdim etiladi.

Поделиться