O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi Oʻzbekistonga keldi

2019-02-14 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 4-15 fevral kunlari Xalqaro valyuta jamgʻarmasining missiyasi texnik koʻmak berish doirasida Markaziy bankka tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida xalqaro ekspertlar Markaziy bankning pul va valyuta bozoridagi operatsiyalarini takomillashtirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini beradilar.

 
Tashrifdan koʻzlangan maqsad – Markaziy bankning pul-kredit siyosati instrumentlari va ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarni takomillashtirish, xususan, ichki pul va valyuta bozorlarini rivojlantirish, shuningdek, bank tizimida likvidlik darajasini prognozlashtirish va optimal foiz koridorini aniqlash usullarini ishlab chiqishda Markaziy bankka yaqindan koʻmak berish.

Поделиться