O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Soʻnggi ikki yil ichida Oʻzbekistonda turizm qay tarzda oʻzgardi?
2019-02-14 | Turizm
Siz turli millat, anʼana va madaniyat vakillari birgalikda ajoyib tarzda yashab kelayotgan mamlakatni tasavvur qila olasizmi? Boy tarixiy va arxitektura meroslar zamonaviy inshootlar, yuqori texnologiyalar bilan uygʻunlashgan, hunarmandlarning mehnatlari esa noyob meʼmorchilik namunalarini yaratadigan mamlakat. Baland togʻlar, jazirama choʻllar, cheksiz koʻllar, betakror vodiylar va bogʻlari mavjud oʻlka.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2017-2018-yillarda sayyohlik salohiyatni oshirish, viza olish va roʻyxatdan oʻtish jarayonlarini soddalashtirish va bosh koʻplab qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Oʻzbekistonga kelishdan avval birinchi qilinadigan ish bu viza olishdir. Agar sizning davlatingiz vizasiz tashrif buyuruvchilar roʻyxati (davlatlar roʻyxatiga havola)ga kirmasa, elektron vizalar berish tizimi orqali hujjatlarni shunchaki yuborish kifoya va ikki kunda hujjat tayyor boʻladi. Bojxona punktlaridan oʻtish qulayliklari haqida ham qayd etish kerak: Oʻzbekistonga uchib kelayotganda yaqinda oʻrnatilgan ikkitalik koridorlar sayyohlarning bu quyoshli oʻlkaga tashrifini sezilarli darajada yengillashtiradi.
Tashrif chogʻida mehmonxona, yotoqxona yoki oʻtovli lagerlarda qolish mumkin. Xonadonlar sonini koʻpaytirishga arzon turar-joylarga boʻlgan talablarning soddalashtirish turtki boʻldi. Shunday qilib, Oʻzbekistonda oilaviy mehmon uylarida toʻxtash tobora ommalashib bormoqda. Ularni katta shaharlar va chekka togʻli tumanlarda uchratish mumkin. Mehmon uylari ‒ bu faqat tunab qolish uchun joy emas, balki oʻziga xos turistik attraksion, axir mezbonlar bilan yonma-yon yashab, hayot tarzi haqida bilish va oʻzbek tilidagi soʻzlashuvni ham oʻrganish mumkin. Yana boshqa variantlar sifatida doʻstlar yoki qarindoshlarnikida qolish, uy ijaraga olish boʻlishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtish uchun saytida ariza toʻldirish kifoya (havola). Bir soʻz bilan aytganda, sayyohlar uchun maksimal qulay sharoitlar yaratilgan.
Sayohatni rejalashtirayotganda, dam olishning faol turlari va mavsumlariga eʼtibor qaratish kerak. Tur dasturida Buxoro, Samarqand, Xiva va Toshkentdagi tarixiy maskanlarga tashrif buyurishni kiritish, madaniy-maʼrifiy qism – madrasa, maqbara va muzeylarga tashrifdan soʻng tabiatga, masalan, Boʻstonliq tumaniga otlanish optimal reja boʻla oladi. Bu maskanlar ekstremalni xush koʻruvchilar hamda bolalar bilan oilaviy hordiq uchun ham mos keladi. Zamonaviy talablarga hamda xavfsizlik va xizmat koʻrsatishning xalqaro standartlariga javob beruvchi “Amirsoy” togʻ-changʻi kurort zonasi birinchi mehmonlarni 2019-yilning dekabridan qabul qila boshlaydi. Turli murakkablikdagi togʻ yoʻllari faol dam olish ishqibozlari uchun toʻgʻri keladi, barcha oila aʼzolari bilan yozgi taʼtillarni esa Chorvoq suv ombori qirgʻogʻida oʻtkazish mumkin. Qayd etamizki, 2018-yil Qashqadaryo viloyatida sayyohlarning erkin tashrifi uchun ayrim hududlar, jumladan, Amir Temur gʻori, “Suffa” radioastronomik majmuasi, Suvtushar sharsharasi, Qul va Gʻilon qishloqlaridagi manzarali togʻ tizmalari, Severtsev muzliklari ochildi. Bundan tashqari, mehmonlar atrofni va manzarali yerlarni tomosha qilish uchun havo sharlaridagi parvoz bilan dam olishni oʻzgacha oʻtkazishlari mumkin.Parvozlar Oʻzbekiston aeronavtika Federatsiyasidagi professional uchuvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Shu oʻrinda, 2019-yil aprel oyida II Xalqaro aeronavtika festivali tashkil etiladi. Oʻtgan yildagi kabi festivalda Shveysariyalik sportchilar, shuningdek, Fransiya va Germaniyadan uchuvchilar ishtirok etishadi.
2018-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi saytida tadbirlar kalendari chop etib borilmoqda va bu sayyohlar uchun qiziqarli iventlar va yarmarkalarga tashrif buyurish imkonini beradi. Yil davomida rang-barang hosil bayrami – “Qovun sayli”da ishtirok etish, aholi bilan Navroʻz bayramini nishonlash, Surxondaryodagi “Boysun bahori”ga borish yoki baxshi sanʼat festivali, maftunkor “Raqs sehri” (raqs festivali)ni tomosha qilish mumkin. Yoki yildan yilga minglab sayohatchilarni yigʻuvchi Toshkent xalqaro turistik yarmarkasiga borish mumkin. Yirik koʻrgazma ikkita pavilonda mahalliy va xorijiy sayyohlik agentliklari vakillari, transport kompaniyalari, hunarmandlar, mehmonxonalar stendlari va boshqa koʻplab mehmonlarni oʻzida jamlaydi. Bundan tashqari, yarmarkada gastronomik festival ham oʻtkaziladi.
2018-yil noyabr oyida birinchi marotaba turizm sohasini jadal rivojlanishi uchun qoʻshimcha turtki boʻla olgan Xalqaro investitsiya forumi tashkil etildi.
Sayyohlik sohasida yuz bergan olamshumul va shubhasiz, ijobiy oʻzgarishlarning barchasini bitta maqolaga sigʻdirish mumkinmi? Juda qiyin. Chemodanga kiyimlarni joylab, barchasini oʻz koʻzlaringiz bilan koʻrishingiz uchun Oʻzbekistonga sayohat qilishni vaqti keldi. Shoshiling, sababi joriy yilda mamlakat misli koʻrinmagan sayyohlar oqimini kutmoqda va buning tasdigʻi sifatida The New York times, National Geographic, The Guardian, Lovely Planet kabi dunyoning yetakchi, shuningdek, ixtisoslashgan OAV vakillarining sayohatlari uchun eng yaxshi manzillarning koʻp sonli roʻyxati mavjudligidan ham buni sezish mumkin.