O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energiya tejash ­– kunning dolzarb mavzusi

2019-02-13 | Jamiyat

Qozogʻiston Respublikasining Ostona shahrida Yevropa ittifo­qi­ning (IWO e.V. Germaniya) Pro House loyihasi asosida 2019 yil 4-6 fevral kunlari “Toʻgʻri sanatsiya qilish, xatolardan qochish – hammasi binoni isitish toʻgʻrisida”gi seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda Quri­lish­ni rivojlantirish boʻlimi bosh mutaxassisi Otabek Jumayev ishtirok etdi.

Ostona shahridagi “Atamaken” Milliy tadbirkorlar palatasi bi­no­sidaoʻtkazilgan seminarda professional boshqaruvchilar va tur­li va­zirlik, idora xodimlariishtirok etdilar.

Seminarning birinchi kunida “Uy-joylarni boshqarish uchun stan­dartlar ishlab chiqish – yashaydigan koʻchmas mulkni boshqarishga ma­la­kali talablar” mavzusida “Ukraina koʻp tarmoqli ekspertlar uyushmasi” prezidenti Olga Maksimenko maʼruza qilib, Ukraina tajribasiga koʻra yashaydigan koʻchmas mulklarni boshqarish, ularning standartlari va samaradorligi toʻgʻrisida gapirdi.

Mixail Rayxard “Caparol”akademiyasini sobiq oʻqituvchisi “Toʻgʻri sanatsiya qilish, xatolardan qochish – hammasi binoni isitish toʻgʻri­si­da”gi maʼruzasida koʻp qavatli binolarni termoizolyatsiya qilish usul­lari va tizimlari, termoizolyatsiya tizimi uchun meʼyoriy xujjatlari, energotejamkor qurilish materiallari, koʻp qavatli uylarni isi­tish­ni rejalashtirish va binoni fasad qismini zamonaviy arxitektura asosida shakllantirish boʻyicha maʼruza oʻqidi.

Maʼruzaning soʻngida Qozogʻiston va Oʻzbekistonda koʻp qavatli uylarni professional boshqarish, ­­ uy-joy bozorini rivojlantirish, qurilish sohasi boʻyichahalqaro doirada olib borilayotgan boshqa ishlar yuzasidan savol-javoblar boʻldi. Bunda Qozogʻiston va Oʻzbekistonda koʻp qavatli uylarni isitish tizimini yangilash, yaʼni energiya tejamkorlik qurilish materiallari bilan binoni oʻrash va binodan issiqlikni tez chiqib ketishini oldini olib, energiyadan koʻproq va samarali foydalanishni tashkil etish koʻzda tutildi. Ostona shahrida Yevropa Ittifoqining “Pro House” loyihasi doirasida amalga oshirilgan hamda kelajakda rejalashtirlayotgan ishlar muhokama qilindi.

Qozogʻiston Respublikasi Ostona shahrida 1964 yil qurilgan 5 ta 5 qavatli har biri 40 xonadondan iborat uylarning isitish tizimi qayta taʼmirlanib, unda uyning devorlari issiqlikni oʻtkazmaydigan energiya tejamkor qurilish materiallari bilan oʻraldi. Issiqliq taʼminlash tizimi yangi aqlli issiqlik uzellari bilan taʼminlanib, issiqlikdan foydalanish boʻyicha koʻp qavatli uyda enenrgoaudit oʻt­ka­zildi va uning samaradorligi aniqlandi. Bu uylarning umumiy foy­da­lanish joylariga turli elektro uskunalar (datchik) orqali “Aqlli yoritish” elementi hamda gaz va sovuq suv, elektr energiya va issiqlik energiyasiga “Aqli hisoblagich” oʻrnatilgan. Shunda energotejamkorlik koʻrsatkichi 50 foizni tashkil etgan. Bu oʻz navbatida, tabiiy yoqilgʻi re­surslarining tejalishiga hamda atrof-muhitga chiqarib yuborildiganSO2 miqdorining kamayishiga olib kelib, ekotizim yaxshilanishini koʻr­satgan.

Bularning ijtimoiy hamda iqtisodiy samaradorligini hisobga olsak, bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi. Seminar oʻtkazi­la­yotgan kunlarda Ostona shahrida ob-havo kunduzi -27S0, kechqurun -37S0 ni tashkil etayotgan bir paytda buning ahamiyati juda katta edi.

Seminarda Oʻzbekistonda ham eski koʻp qavatli uylarda issiq­lik­ni tejash boʻyicha amaliy ishlar olib borish davri kelgani taʼkid­lan­di. Natijada, ortiqcha sarflanadigan yoqilgʻi energetikasi tejaladi va fuqororlarning ortiqcha xarajatlari kamayishiga eri­shi­ladi.

Tadbir ishtirokchilari bilan innovatsion rivojlanish boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar sababli, Toshkent shahrida joriy yilning aprel oyida Yev­ropa Ittifoqining (IWO e.V. Germaniya) “Pro House” loyihasi aso­sida halqaro konferensiya qilish taklifi berildi.

Поделиться