O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasi IIV terma jamoasi Dubay shahrida oʻtkazilayotgan “Jangovar guruh” musobaqasida ishtirok etmoqda

2019-02-13 | Jamiyat

Barchamizga maʼlumki, ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan xodimlarni har tomonlama oʻz lavozimiga munosib kadr boʻlishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilmoqda. Eng avvalo, ularning kasbiy malakalari, intellektual salohiyati oshirilishi bilan birga jismoniy holati talab darajasida boʻlishiga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Ana shunday sogʻlom va hamisha jangovar holatga shay xodimlardan tarkib topgan Oʻzbekiston Respublikasi IIV terma jamoasi shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida politsiya maxsus boʻlinmalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Jangovar guruh” musobaqasida munosib ishtirok etmoqda.

Mazkur musobaqa, xalqaro miqyosdagi nufuzli chempionatlardan biri hisoblanib, uning navbatdagi mavsumida 48 davlatdan, yaʼni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Osiyo, Arab, Amerika va Yevropa davlatlaridan jami 64 ta maxsus boʻlinma jamoalari qatnashmoqda.

Oʻz oʻrnida, hamkasblarimiz yuksak natijalarni qoʻlga kiritishlariga umid bildirib, ularga ushbu musobaqada ulkan zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz.

Поделиться