O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Misrning farmatsevtika kompaniyasi vakillari Namanganda

2019-02-12 | Sog‘liqni saqlash

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov Misr Arab Respublikasining “PHARCO Corporation” farmatsevtika kompaniyasi vitse-prezidenti Muhammad Raslan hamda kompaniya tahlil boʻlimi rahbari Vayel Favzini qabul qildi.

Oʻzbekiston va Misrning mushtarak jihatlari, ikki yurtni, ikki elni bogʻlab turgan tarixiy rishtalar anchagina. Qohira shahrida “Hadiqa al-Oʻzbakiya”, “Hay al-Oʻzbakiya” nomli mavzelar borki, bu faktning oʻzi ham doʻstlikning abadiy nishonasidir. Buyuk vatandoshimiz Ahmad ibn Muhammad al-Fargʻoniy (800-861) poydevor qoʻygan doʻstlik bugun ham yangi bosqichda davom etmoqda. Oʻzbekiston mustaqilligini arab davlatlari orasida birinchi boʻlib ayni Misr tan olgandi.

2018-yil sentabrda Toshkentda oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Misr biznes-forumida “PHARCO Corporation” kompaniyasi bilan “Kosonsoy-Farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona tashkil etish boʻyicha investitsion hamkorlik memorandumi imzolangan.

“PHARCO Corporation” 500 dan ortiq farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya hisoblanadi va u oʻz mahsulotlarini bugungi kunda dunyoning 47 mamlakatiga eksport qilmoqda.

Samimiy suhbat davomida farmatsevtika sohasida amalga oshiriladigan loyihalar va ularning samaralari, ushbu yoʻnalishdagi hamkorlik istiqbollari haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Tez fursatlarda Misrda ham Namanganda ham tadbirkorlar oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazilib, oʻzaro manfaatli iqtisodiy loyihalar boʻyicha ishga kirishiladi va bu hech shubhasiz ikki taraf uchun ham foydali boʻladi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi Bekzod Yusupov, mamlakatimizning Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Usmanov ishtirok etdi.

Mehmonlar tashrif doirasida “Kosonsoy-Farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi, “Sprint farmatsevtikal” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Поделиться