O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Slovakiya Elchisi bilan uchrashuv
2019-02-12 | Siyosat
2019-yilning 12-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Slovakiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yan Bori bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida turli sohalardagi Oʻzbekiston-Slovakiya muloqotining hozirgi holati muhokama qilindi va 2019-yili munosabatlarni rivojlantirish istiqbollariga asosiy urgʻu berildi.
Turli darajalardagi aloqalar va oʻzaro hamkorlik institutlarini faollashtirishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi, xususan, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning toʻrtinchi raundi, Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo komissiyaning birinchi majlisini oʻtkazish jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Taʼkidlanganidek, 2018-yil 27-28-fevral kunlari Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan “Vishegrad guruhi + Markaziy Osiyo” shaklidagi birinchi mintaqalararo vazirlar uchrashuvi oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash uchun yangi istiqbollarni ochdi. Oʻzbekiston tomoni ushbu shakldagi ikkinchi uchrashuvni Toshkent shahrida kelishilgan muddatlarda tashkil etishga tayyor ekanini maʼlum qildi.
Suhbat chogʻida ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.