O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirli avangard

2019-02-12 | Madaniyat

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida “Sirli avangard“ deya nomlangan koʻrgazma ochildi. Muzey tashkil etilganining 100 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan koʻrgazmada Rossiya va Markaziy Osiyo avangard ijodkorlarining 120 dan ortiq asari namoyish etilmoqda.

Koʻrgazmaning tantanali ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri oʻrinbosari K.Oqilova ishtirokchilarni maʼnaviyat-madaniyat bayrami bilan qutladi. Qariyb bir asr oldin tashkil etilgan Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi mamlakatimizning yetakchi madaniy, maʼrifiy va ilmiy markazlaridan biriga aylanganini taʼkidladi.
 
Muzey eksponatlari qadimiy va noyobligi bilan tomoshabinlarni oʻziga jalb qilib kelmoqda. Bu yerda ekspozitsiyalar janr va turlarga ajratilgan holda xronologik tartibda tuzilgan. Har bir zaldagi eksponatlar sanʼat turlari, maktablari, anʼanalar va hozirgi rivojlanish tendensiyalariga qarab joylashtirilgan. Ekspozitsiya Oʻzbekistonning qadimiy sanʼat yodgorliklari – Zarautsoy rasmlari, Xolchayondan topilgan haykallar, Oʻzbekiston xalq amaliy bezak sanʼatini namoyish etish bilan boshlanadi. Shuningdek, muzey kolleksiyasidan R.Falk, P.Kandinskiy, A.Exter, A.Osmerkin, K. Malevich, A.Lentulov, L.Popova singari rus avangard rassomlarining ham betakror asarlari oʻrin olgan.
 
– Muzeyimiz uzoq tarixga ega, – deydi muzey direktori Vasila Fayziyeva. – Unda saqlanayotgan har bir asar oʻtmishdan, ota-bobolarimiz yashab oʻtgan davrlardan soʻzlaydi. Ayniqsa, qadimiy osori-atiqalar, zargarlik, kandakorlik, gilamdoʻzlik, kashtadoʻzlik, kulollik, meʼmorlik namunalari, qolaversa, tasviriy sanʼatimiz dargʻalarining eng sara asarlaridan tortib Rossiya, Hindiston, Birma, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya davlatlaridan keltirilgan suratlar, bronza, chinni, fil suyagidan ishlangan yuzlab buyumlardan iborat toʻplamlar bu yerga keluvchilar eʼtiborini tortmasdan qolmaydi.
 
“Oʻzbekistonning madaniy merosi jahon toʻplamlarida“ loyihasi doirasida nashr etilgan “Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyining toʻplami“ kitob-albomi taqdimoti hamda muzey faoliyati haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyishi tadbirning asosiy voqeasi boʻldi. Sanʼatkorlarning chiqishlari davraga yanada fayz bagʻishladi. Soha xodimlari hamda sanʼat ixlosmandlariga sovgʻalar ulashildi.
 

Mohigul Qosimova, OʻzA

Поделиться