O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligida “Gateley Plc” xalqaro yuridik firmasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2019-02-12 | Jamiyat

2019-yilning 11-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Buyuk Britaniyada joylashgan “Gateley Plc” xalqaro yuridik kompaniya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev hamda Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida investitsiyalarni jalb qilish, yuridik xizmatlar koʻrsatish, xalqaro tijorat nizolarini hal etish va yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Taʼkidlash joizki, Gateley Plc yuridik firmasiga 1808-yilda asos solingan boʻlib, Buyuk Britaniyaning butun hududi boʻylab va BAAda (2007-yildan) oʻz ofislariga ega. Mazkur kompaniya MDH davlatlari bilan mahalliy kompaniyalarga va davlat organlariga yuridik xizmatlar koʻrsatish borasida faol hamkorlik qilib keladi. Gateley Plc kompaniyasi sudlar va arbitrajlarda nizolarni hal qilish, qarorlarni tan olish va ijro etish, aktivlarni aniqlash va qaytarish, korporativ nizolar, koʻchmas mulk, bank (kredit) faoliyati, aktivlarni moliyalashtirish va restrukturizatsiya qilish, soliqqa tortish kabi sohalarda chuqur tajriba va amaliyotga ega.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlik yoʻnalishlari, jumladan, qonun loyihalarini ekspertiza qilish va yuridik kadrlar malakasini oshirishda trening hamda seminarlar oʻtkazish masalalari boʻyicha kelishilib olishdi.

Поделиться