O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzaxda biznes-inkubator tashkil etiladi

2019-02-12 | Iqtisodiyot

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladigan biznes-inkubatorning taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Taqdimot “Ilgʻor hudud” loyihasi doirasida viloyat hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan tashkil etildi.
 
Prezidentimizning 2019-yil 3-yanvardagi “Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan Jizzax viloyatida “Ilgʻor hudud” sinov loyihasi amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi sinov loyihasini tizimli va samarali tayyorlash hamda amalga oshirish uchun masʼul organ etib belgilangan.
 
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, viloyat xokimligi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi rahbariyati va mutaxassislari, tadbirkorlar ishtirokida oʻtkazilgan taqdimot marosimida “Ilgʻor hudud” loyihasi doirasida Jizzax shahrida joriy yilning 1-martida biznes-inkubator ochilishi maʼlum qilindi.
 
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilayotgan biznes-inkubator Loyiha boshqaruvi milliy agentligining “Ilgʻor hudud” yoshlar ijtimoiy rivojlanish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan loyihalaridan biridir. Tadbirda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashuvchi biznes-inkubator tashkil etishdan koʻzlangan maqsad, uning vazifalari haqida batafsil maʼlumot berildi.
 
Hudud iqtisodiyotini muvaffaqiyatli rivojlantirishning asosiy, yetakchi kuchi, birinchi navbatda, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratishdir. Shu maqsadda investitsion loyihalar platformasini tashkil etish va ularni moliyalashtirish tizimiga ega boʻlgan uzoq muddatli strategik dastur zarur.
 
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan dasturni qoʻllab-quvvatlash strategiyasi ishlab chiqildi. Bu strategiyaning birinchi qadami Jizzaxda biznes-inkubator tashkil etish boʻldi. Biznes-inkubator tadbirkorlarga biznes reja ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini topish, investorlarni jalb etish, loyiha boʻyicha yuzaga keladigan xavf-xatarlarni toʻgʻri hisobga olish, mahsulotga bozor topish kabi barcha masalalarda amaliy yordam koʻrsatadi.
 
Biznes-inkubator rasman ochilmagan boʻlsa-da, uning Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Jizzax shahridagi vakolatxonasida joylashgan idorasiga hozirning oʻzida tadbirkorlar murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, uning ommabop messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunt hamda sahifalari orqali ham murojaat qilish imkoniyati mavjud.
 

Toshqul Beknazarov, OʻzA

Поделиться