O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jakartada “Oʻzbekistonga sayohat” nomli foto koʻrgazma

2019-02-11 | Turizm

Joriy yilning 7-17-fevral kunlari Indoneziyaning Jakarta shahridagi “Istiqlol” muzeyida, “Oʻzbekistonga sayohat” nomli foto koʻrgazma tashkil etilmoqda.

Foto koʻrgazma doirasida “Oʻzbekiston ulamolar yurti” nomli konferensiya ham boʻlib oʻtadi.

Foto koʻrgazmada oʻtgan yil davomida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan indoneziyalik sayyohlar olgan fotosuratlar orqali saralangan 100 tasi namoyish etiladi. Koʻrgazmada universitet professorlari, talabalar va sayyohlarning shaxsiy foto arxividagi rasmlarni ham uchratish mumkin. Ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini Indoneziyada keng targʻib etish, ikki davlat oʻrtasida turizmini rivojlantirish, turizm sohasiga xorijiy investorlarni jalb etish va Oʻzbekistonni dunyodagi ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida namoyon etishdan iboratdir.

Eslatib oʻtamiz, foto koʻrgazmada namoyish etiladigan fotosuratlar www.visituzbekistan.id sayti orqali ham eʼlon qilinadi.

Tadbir Turizmini rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Indoneziyadagi Oʻzbekiston turizm elchisi professor E.Sh. Margianti hamda “Istiqlol” muzeyida maʼmuriyati bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Shuningdek, foto koʻrgazmada tashrif buyuruvchilarga joriy yilning 21-23-fevral kunlari Buxoroda boʻlib oʻtadigan Ziyorat-turizmi boʻyicha birinchi xalqaro forum haqida keng maʼlumot berib oʻtish ham rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: yurtimiz boʻylab sayohat qilishga qiziqayotgan sayyohlar uchun aniq, sifatli hamda qiziqarli maʼlumot tayyorlab berish yoʻlida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan koʻplab chet el OAVlari, turizm sohasini yorituvchi bosma va internet nashrlari bilan yaqin hamkorlik loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda.

Поделиться