O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) delegatsiyasi bilan uchrashuv

2019-02-11 | Iqtisodiyot

Moliya vazirligida Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va Gʻarbiy Osiyodagi Bosh direktori Verner Lipak boshchiligidagi vakillari bilan uchrashuv oʻtdi. Uchrashuv Davlat-xususiy sherikchiligi (DXSH), energetika, transport, qishloq xoʻjaligi va davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va davlat xaridlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar kabi sohalarda hamkorlikni va texnik yordamni yanada mustahkamlashga bagʻishlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov va vazirlikning masʼul xodimlar 2019-2023 yillarga moʻljallangan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari va strategiyasini muhokama qildilar.

Verner Lipak Davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirishning muhimligini taʼkidlab, investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha foydali tadbirlarni joriy etishni hamda Moliya vazirligi huzuridagi yangi tashkil etilgan Davlat-xususiy sherikchiligining rivojlantirish agentligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatladi.

Maʼlumot uchun: Yaqinda OTB 2018-2020 yillarga moʻljallangan Mamlakat biznes rejasi operatsiyasiga (MBRO) yangi kredit majburiyatlarini taqdim etish uchun Oʻzbekistonga ajratilgan kredit mablagʻlarini oshirdi. MBRO Oʻzbekistonning milliy rivojlanish strategiyasini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi va mamlakatning yangilangan rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi. 2018 yilda Oʻzbekiston 2,9 milliard dollarlik loyihalar portfeli bilan ilda mintaqadagi OTB tomonidan ajratilgan eng katta kreditga ega mamlakat boʻldi.

Janob Lipak, shuningdek suv taʼminoti tizimini yaxshilashga yordam berishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Moliya vazirligi vakillari bu sohada tomchilatib sugʻorishni joriy etish muhimligini taʼkidlashdi.

Muzokaralar davomida bank tomonidan kelgusida Moliya vazirligiga DXSHni rivojlantirish sohasi va davlat xaridlari tizimini rivojlantirishda maslahat yordamini berish uchun xalqaro ekspertlar ajratilishini taʼkidlandi.

Muzokaralar yakunida tomonlar boshqa istiqbolli loyihalarni, shuningdek, OTBning texnik yordamini mamlakatdagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash uchun qanday qoʻllash mumkinligini muhokama qilishdi.

Поделиться