O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlangan katta tadbir

2019-02-11 | Madaniyat

2019-yil 9-fevral kuni Oʻzbek Milliy Akademik drama teatri jamoasi Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlangan katta tadbirda ishtirok etdi. Mazkur tadbir Alisher Navoiy haykali oldida boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qozogʻiston, Tojikiston, Afgʻoniston va Amerika Qoʻshma shtatlari vakillari soʻzga chiqdi va Mir Alisher Navoiyni mutafakkir shoirligi, davlat arbobi ekanligi haqida juda iliq fikrlar aytishdi.

Oʻzbek Milliy Akademik drama teatri A.Navoiy haykali poyiga gullar qoʻyib xotirlashdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan uyushtirildi va tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi Prezident maslahatchisi Xayritdin Sultonov , Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovlar tashrif buyurishdi. Tadbir juda aʼlo darajada oʻtdi.

A.Navoiyni xotirlab yuzlab talabalar, oʻquvchilar, koʻplab shoirlar, yozuvchilar, davlat arboblari, aktyorlar, Navoiyshunoslar va barcha ijodkorlar mazkur tadbirda ishtirok etib, A.Navoiyni xotirlashdi.

Поделиться