O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ekologiya masalalari muhokama qilindi

2019-02-08 | Ekologiya

Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi huzuridagi Ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya masalalari kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Uyushma vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etgan tadbirda ekologiya masalalarini OAVda yoritish haqida fikr almashildi.
 
– Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi huzurida toʻqqizta ijodiy kengash bor, shular orasida eng yiriklaridan biri Ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya masalalari kengashidir, – deydi mazkur kengash raisi, “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri Qulman Ochilov. –Kengashimizga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan eng yirik ommaviy axborot vositalarining vakillari birlashgan. Bugungi yigʻilishimizni ekologiya masallariga bagʻishladik. Boisi, hozir ekologiya masalalari nafaqat Oʻzbekiston, Markaziy Osiyo, balki dunyo miqyosidagi eng yirik muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Bu masalaga hukumatimiz juda katta eʼtibor qaratmoqda va uni OAV orqali xalqimiz kuzatib turibdi.
 
Tadbir soʻnggida jurnalistlar, talabalarning kengash faoliyatiga oid savollariga javob berildi.
 

Inobat Ahatova, OʻzA

Поделиться