O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xalqaro hamkorlikka e’tibor qaratmoqda
2019-02-07 | Jamiyat
Milliy metrologiya instituti qoshidagi o‘lchash funksiyasiga ega tibbiyot jihozlarini metrologiya tekshiruvidan o‘tkazishga ixtisoslashgan laboratoriya xodimlari Sh. Ismatullayev, A.Babojanov, T.Sherdilov hamda R.Asanovlar Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida Fluke Biomedical hamda Ohmic Instruments kompaniyalarining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorlik qiluvchi bo‘limida seminar-treningda ishtirok etib qaytdilar.
Institut xodimlari seminar davomida tibbiy maskanlarda keng qamrovda foydalaniladigan yurak biopotensiallarini o‘lchovchi tibbiy texnikalarini ProSim 8 nomli bemor imitatori qurilmasi hamda ultratovushli terapiya o‘lchash vositalarini to‘liq qamrab olish uchun UMP-DT vattmetri yordamida metrologiya tekshiruvini to‘g‘ri tashkil qilish borasida tajriba almashdilar.