O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreyalik mutaxassislar IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazidagi yangi yoʻnalish tayyorgarligiga yuqori baho berdilar

2019-02-07 | Texnologiyalar

So Do Chjong boshchiligidagi Koreya Respublikasi Bosh prokuraturasi raqamli tadqiqotlar Milliy markazi vakillaridan iborat Koreya delegatsiyasi oʻtgan yilning noyabr-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazida rasmiy tashrif bilan boʻldilar.

So Do Chjong boshchiligidagi Koreya Respublikasi Bosh prokuraturasi raqamli tadqiqotlar Milliy markazi vakillaridan iborat Koreya delegatsiyasi oʻtgan yilning noyabr-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazida rasmiy tashrif bilan boʻldilar.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad, IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi bazasida Koreyalik mutaxassislar tomonidan Bosh markazning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish va rivojlantirish boʻlinmasi xodimlarini raqamli ekspertiza, xususan mobil qurilmalardagi maʼlumotlarni tiklash va tahlilini amalga oshirish jarayonlarini batafsil oʻrgatishdir.

Dasturiga muvofiq, IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshligʻi Nail Galipshin boshchiligida Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv jarayonida raqamli ekspertizalarni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, Koreya Respublikasi Bosh prokuraturasi mutaxassislari tomonidan ashyoviy dalillarning raqamli turlari bilan tergov va sud protsessida ishlashning qonunchilik tomoni, shuningdek, ushbu turdagi dalillar boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar yuzasidan ekspert xulosalarini oʻtkazish hamda ulardan kelgusida sud protsessida foydalanish masalalari muhokama etildi.

Koreya Respublikasi Bosh prokuraturasi raqamli tadqiqotlar Milliy markazi mobil ekspertizalar va tahlil masalalarini oʻqitish boʻyicha mutaxassislari Pak Yon Chje va Song Chji An IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazining ushbu yoʻnalishdagi mutaxassislarini oʻqitishdi. Oʻquv mashgʻulotlarida IIV Akademiyasi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan vakillar qatnashishdi.

Oʻqish jarayoni maxsus dasturlardan foydalangan holda mobil qurilmalardan maʼlumotlarni tiklash va tahlil qilish, mobil qurilmalar sohasidagi raqamli tadqiqotlar bilan bogʻliq tematika materiallarini oʻzlashtirishni qamrab oldi.

Oʻqishning yakuniy bosqichida IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish va rivojlantirish boʻlinmasi xodimlaridan oʻzlashtirilgan materiallaridan kelib chiqqan holda www.accessdatatest.com rasmiy veb-saytida onlayn-test imtihoni oʻtkazildi. Test imtihonlarini topshirish natijalariga koʻra, xodimlarimiz qoniqarli baholanib, raqamli tadqiqotlarni mustaqil oʻtkazish huquqini beruvchi “Access Data Certified Examiner v6” xalqaro namunadagi sertifikatga ega boʻldilar.

So Do Chjong IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi tarkibidagi yangi yoʻnalish tayyorgarligiga yuqori baho berdi. Ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalari xodimlarining tayyorgarlik darajasi tahlil qilinib, raqamli tadqiqotlarni amalga oshirish maqomi yuqori darajadaligi toʻgʻrisida ijobiy fikrlar bildirildi.

Shuningdek, raqamli kriminalistika yordamida jinoyatchilikka qarshi kurashish amaliyoti tendensiyasi va xususiyatidan kelib chiqib, kelgusida aniq oʻqitish dasturi va moddiy-texnika bazasini yaratish taklifi berildi.

Umuman olganda tashrif oʻzaro ishonch va ishchan ruhda oʻtdi.

Поделиться