O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston fuqarosiga medal topshirildi

2019-02-07 | Jamiyat

2019-yilning 6-fevral kuni Chelyabinsk viloyati (Rossiya) gubernatori Boris Dubrovskiy va hududning Inson huquqlari boʻyicha vakili Margarita Pavlova Oʻzbekiston fuqarosi Olamafruz Abdullayevga tantanali ravishda “Yaxshilik qilishga shoshiling” (“Спешите делать добро​”) medalini topshirdi.

Marosim viloyat gubernatorining qarorgohida boʻlib oʻtdi.

Faxriy yorliqda yozilganidek, vatandoshimiz “Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Inson huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Yevropa Konvensiyasi bilan mustahkamlab qoʻyilgan inson va fuqaro huquq va erkinliklarini himoya qilish ishiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun” medal bilan taqdirlandi.

Medal Chelyabinsk viloyatidagi Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan taʼsis etilgan boʻlib, har yili jamiyat uchun muhim ishlarni amalga oshirgan va ogʻir turmush sharoitlariga tushib qolganlarga koʻmaklashgan shaxslarga topshiriladi.

2018-yilning 31-dekabr kuni Magnitogorsk shahridagi turar joy binosida yuz bergan portlash natijasida jarohatlanganlarga yordam koʻrsatishga oshiqib, qahramonlik koʻrsatgan va yuksak mukofotga loyiq topilgan 19 nafar janubiy uralliklardan biri Olamafruz Abdullayev boʻldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari yetib kelguniga qadar u sakkiz nafar kishining vayronalar ostidan chiqishiga yordamlashdi, – deb xabar berdi Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi (Ural federal okrugi).

Kuni kecha oʻzining mardonavor ishi uchun Olamafruz Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomidan qimmatbaho sovgʻa va Bosh konsulxonaning faxriy yorligʻini qabul qilib oldi.

7-fevral kuni u Toshkentga uchib keladi.

Поделиться