O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Madaniyat vaziri B.Sayfullayev Toshkent shahrining Yakkasaroy tumaniga tashrif buyurdi
2019-02-06 | Jamiyat
Joriy yilning 5-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullayev Toshkent shahrining Yakkasaroy tumaniga tashrif buyurdi.
Shu kuni B. Sayfullayev tumandagi madaniyat va aholi dam olish markazlarida boʻlib, u yerdagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Madaniyat vaziri mavjud muammolarni bartaraf etish, aholiga sifatli xizmat koʻrsatish borasidagi muhim boʻlgan taklif va tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, markazda faoliyat yuritayotgan yosh isteʼdodlar bilan suhbatlashib, ular ijrosidagi kuy-qoʻshiqlarni tingladi. Tashrif yakunida barcha markaz rahbarlariga tegishli koʻrsatmalar berildi.