O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzax viloyatiga tashrif doirasida amalga oshirilgan ishlar

2019-02-06 | Madaniyat

Oʻtgan hafta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida Madaniyat vaziri ham 2018-yil mobaynida Jizzax viloyatida ijobiy ishlar amalga oshirilganlik holati bilan yaqindan tanishdi.

Avvalombor vazir Jizzaxda “Obod qishloq” dasturi doirasida Forish tumanidagi “Uchquloch” madaniyat markazi binosida 1,5 mlrd.soʻmlik, Doʻstlik tumanidagi “Manas” madaniyat markazi binosida 3,5 mlrd.soʻmlik, Mirzachoʻl tumanidagi “Oʻzbek-qozoq” madaniyat markazi binosida 2,9 mlrd.soʻmlik homiylik mablagʻlari hisobidan taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirib, ularning tantanali ochilishida ishtirok etishdi.

Shu bilan birga, Madaniyat vaziri viloyatning barcha madaniyat va sanʼat maskanlariga tashrif buyurib, ularning hozirgi kundagi ish faoliyati, ayniqsa, Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining ishlash jarayonlarini tanqidiy tahlil qilingan holda, koʻrib chiqildi.

Jizzax viloyatda oʻtgan yil davomida madaniyat va sanʼat sohasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan boʻlsada, hanuzgacha oʻz yechimini topmagan muammoli masalalar bilan bir qatorda, sohani rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni bajarishda jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. 

Jizzax viloyati baʼzi muassasalari vazirlik va viloyat boshqarmasi tomonidan beriladigan topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash, madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etish, aholiga servis xizmati koʻrsatish, oʻquvchi-yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga keng jalb etish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishda koʻplab qoʻpol xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelmoqda. Belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida sifatli bajarishda faollik koʻrsatgan tizim tashkilotlari ragʻbatlantirilgan boʻlsa, masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan rahbar kadrlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. Shuningdek, qoʻpol xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan va topshirilgan vazifalarni bajarishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan 24 nafar rahbar xodimlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi. Bu albatta achinarli xol, lekin tegishli choralar oʻz muddatlarida ijro boʻlmasa, tashkilot yoki muassasada rivojlanish boʻlmaydi. Ayniqsa, Davlat rahbari tomonidan sohaga berilayotgan eʼtibor, barchamizni teran fikrlab, toʻgʻri yoʻl va imkoniyatlardan keng foydalangan holda ishlashga undaydi, masʼuliyatsiz xodimlar esa bunday jarayonlarda tashabbuskor boʻlmasligi va ish bermasligi aniq. 

Поделиться