O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018-yilda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijalari toʻgʻrisida maʼlumot

2019-02-06 | Iqtisodiyot

Moliya vazirligi Hayʼatining 2018-yil yakunlariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlari muhokama qilinib, Bosh boshqarmaning 2019-yildagi vazifalari belgilab olindi.

2018-yilda Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Ish rejasi, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida 7 047 ta nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Shuni taʼkidlash joizki, 2018-yilda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari soni oʻtgan yilga nisbatan 2 martaga kamaydi. (2017-yilda – 14 296 tani tashkil etgan).

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 539,3 mlrd.soʻm miqdorida byudjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlandi va 2017-yilda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan (534,1 mlrd.soʻm) miqdorga teng boʻldi.

I. Nazorat tadbirlarining asosiy qismi, 5 575 tasi (79,1%) byudjet intizomiga rioya etilishi va mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi yuzasidan oʻtkazilgan boʻlib, nazorat tadbirlarida 68,1 mlrd.soʻm byudjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi, maqsadsiz va asossiz mablagʻlar sarflanishi aniqlanib, 51,1 mlrd.soʻmi (75%) byudjetga tiklanishi taʼminlandi.

Maʼlumot uchun: 

2017-yilda oʻtkazilgan 11 510 ta nazorat tadbirlarida byudjet qonunchiligini buzish holatlari 91,1 mlrd.soʻmni tashkil etib, shundan 72,2 mlrd.soʻmi (79%) byudjetga tiklangan. 

Byudjet qonunchiligini buzish holatlari Davlat byudjeti xarajatlarning 2017-yilda 0,18 foiziga teng boʻlsa, bu koʻrsatkich 2018-yilda 0,09 foizni tashkil etib 2 martaga kamaygan.

Vazirlik va idoralar kesimida eng koʻp miqdorda aniqlangan qonun buzilish holatlari:

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida qonun buzilish holatlari miqdori 17,1 mlrd.soʻmni tashkil etib, shundan 13,1 mlrd soʻmi (77%) byudjetga tiklandi;

Xalq taʼlimi vazirligi tizimida qonun buzilish holatlari miqdori 10,9 mlrd.soʻmni tashkil etib, shundan 9,0 mlrd soʻmi (83%) byudjetga tiklandi;

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi tizimida qonun buzilish holatlari miqdori 6,6 mlrd.soʻmni tashkil etib, shundan 4,5 mlrd.soʻmi (68%) byudjetga tiklandi;

Maktabgacha taʼlimi vazirligi tizimida qonun buzilish holatlari 5,4 mlrd.soʻmni tashkil etib, shundan 4,4 mlrd.soʻmi (81%) byudjetga tiklandi.

Mahalliy byudjetlardan mablagʻ bilan taʼminlanadigan muassasalarda koʻp miqdorda aniqlangan qonun buzilish holatlari:

Fargʻona viloyatida – byudjet tashkilotlaridagi qonun buzilish holatlari 6,2 mlrd.soʻmni tashkil etib, shundan 3,9 mlrd.soʻmi (62%) byudjetga tiklandi;

Andijon viloyatida – byudjet tashkilotlaridagi qonun buzilish holatlari 5,6 mlrd.soʻmnitashkil etib, shundan 5,0 mlrd.soʻmi (89%) byudjetga tiklandi;

Surxondaryo viloyatida – byudjet tashkilotlaridagi qonun-buzilish holatlari 4,3 mlrd.soʻmni tashkil etib, shundan 3,7 mlrd.soʻmi (83%) byudjetga tiklandi;

Samarqand viloyatida – byudjet tashkilotlaridagi qonun buzilish holatlari 3,4 mlrd.soʻmni tashkil etib, shundan 3,1 mlrd.soʻmi (90%) byudjetga tiklandi.

2018-yilda mahalliy byudjetlarning tuzilishi va ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Andijon, Buxoro va Navoiy viloyatlarida keng qamrovli nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va maʼlumotlar bazasi vositasida kameral nazoratdan keng foydalanildi.

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va hududiy boshqarmalari tomonidan “Davlat moliyasini boshqarish axborot dasturi” va byudjet tashkilotlari bevosita ishlaydigan “UzASBO dasturi” maʼlumotlaridan foydalangan holda 1691 ta muassasalarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzilishi yuzasidan kameral nazorati oʻtkazildi.

Kameral nazorat oʻtkazilgan muassasalardan 1409 tasida meʼyoriy hujjatlarga amal qilmagan holda 26,8 mlrd.soʻmlik xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu muassasalarga kiritilgan taqdimnoma va koʻrsatmalar natijasida 15,7 mlrd.soʻm mablagʻlarning asossiz sarflanishini oldi olindi.

Byudjet intizomini buzilishiga yoʻl qoʻygan byudjet tashkilotlarining 201 nafar mansabdor shaxslari qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Byudjet tashkilotlarining 2018-yil uchun xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tuzilishi va ularni meʼyoriy hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 17,6 mlrd.soʻm byudjet mablagʻlarining noqonuniy va asossiz sarflanishini oldi olindi.

Shuningdek, nazorat tadbirlari yakunlari boʻyicha nazorat obyektining eʼtirozlarini xolisona koʻrib chiqish va baho berish uchun Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalarida Nazorat komissiyalari tashkil etildi.

Ushbu Nazorat komissiyalarining 149 ta majlislarida 1068 ta byudjetmuassasalarda oʻtkazilgan tekshirishlar boʻyicha nazorat obyektning eʼtirozlari koʻrib chiqilib, ularga xolisona tushuntirishlar berildi.

II. Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari va Moliya vazirligi huzuridagi jamgʻarmalari mablagʻlarini maqsadli sarflanishi yuzasidan oʻtkazilgan 1472 ta nazorat tadbirlarida 357,8 mlrd.soʻmmiqdorida moliyaviy qonun buzilish holatlari va asossiz xarajatlar aniqlangan boʻlib, shundan 236,7 mlrd.soʻmni tiklanishi taʼminlandi. 

Shuningdek, Hukumat va huquqni muhofaza qilish organlarining qarorlari va topshiriqlariga asosan 205 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy xoʻjalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbirlari oʻtkazilgan boʻlib, aniqlangan 113,4 mlrd.soʻmmiqdoridagi moliyaviy qonun buzilish holatlari boʻyicha nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Bundan tashqari, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari mablagʻlarini maqsadli sarflan0ishi, “Jamoat ishlari” jamgʻarmasi va “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlarini maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirlari oʻtkazilib, Vazirlar Mahkamasiga axborotlar kiritildi.

Поделиться