O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Elchilar Namanganning investitsiyaviy imkoniyatlari bilan tanishmoqda
2019-02-06 | Iqtisodiyot
Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik missiyalari rahbarlari Namangan viloyatiga keldi.
Viloyat hokimligida mamlakatimizning Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Avstriya, Belgiya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Oʻmon, Misr, Eron, Hindiston, Pokiston, Singapur, Ozarbayjon davlatlaridagi Favqulodda va muxtor elchilari va ularning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari, viloyat, shahar va tuman hokimlari, ularning oʻrinbosarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻldi.
Diplomatik missiyalar vakillari viloyatning barcha shahar va tumanlarida boʻlib, ularning investitsiyaviy imkoniyatlarini oʻrganadi, tadbirkor va ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Shu asosda viloyatga kelgusida investorlarni jalb etish boʻyicha aniq investitsiya takliflari ishlab chiqiladi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Abduhakimov, viloyat hokimi H.Bozorov ishtirok etdi.
Akromjon SATTOROV, OʻzA muxbiri