O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh Konsulxonasi maʼlumoti

2019-02-06 | Jamiyat

2018-yilning 13-noyabr kuni rasman oʻz faoliyatini boshlagan Oʻzbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi tomonidan soʻnggi ikki yarim oy davomida 200 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun hujjatlar tayyorlashda yordam koʻrsatildi.

Uch marotaba Chelyabinsk viloyatida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarining sayyor qabuli amalga oshirildi va ularning muammolarini hal qilishda koʻmak koʻrsatildi. Toʻgʻridan-toʻgʻri va internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali 1000 dan ortiq fuqarolarga konsullik va huquqiy masalalar boʻyicha maslahat berildi.

Chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markazlari rahbarlari bilan yaqin aloqalar oʻrnatilgan boʻlib, hamyurtlarimizga tezda hujjatlarni tayyorlash va ularni Oʻzbekistonga qaytishlarida yordam koʻrsatildi.

Ushbu davr mobaynida turli darajalardagi Oʻzbekiston delegatsiyalarining Sverdlovsk va Chelyabinsk viloyatlariga tashriflari, shuningdek, Ural federal okrugidan delegatsiyalarning mamlakatimizga tashriflari oʻtkazildi.

Ularning natijalariga koʻra, quyidagi kelishuvlarga erishildi:

- Namangan viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi va Onkologik markaz oʻrtasida tibbiyot xodimlarining ushbu Markazda amaliyot oʻtashi, shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiyada ikki davlat onkologik doktorlarining jarrohlik operatsiyalarida ishtirok etishi toʻgʻrisida kelishuv;

- Namangan davlat universiteti va Ural davlat tibbiyot universiteti oʻrtasida NDU bazasida qoʻshma tibbiyot fakultetini ochish toʻgʻrisida kelishuv. Unga muvofiq, oʻzbekistonlik talabalar dastlabki ikki yil davomida Namanganda, qolgan 4 yilda esa Yekaterinburgda tahsil oladilar, taʼlim yakunida ikkita diplom beriladi;

- Namangan viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi va Chelyabinsk viloyatining Yurak-qon tomir federal jarrohlik markazi oʻrtasida namanganlik shifokorlarining Chelyabinskda amaliyot oʻtashlari toʻgʻrisida kelishuv.

Hozirgi vaqtda tashkiliy davr nihoyasiga yetdi va Ural federal okrugi (Sverdlovsk, Chelyabinsk, Tyumenm, Kurgan viloyatlari, Yamalo-Nenesk va Xantы-Mansiysk avtonom okruglari) hududidagi Oʻzbekiston fuqarolari konsullik-huquqiy koʻmak olishlari uchun Bosh konsulxonaga quyidagi vaqtlarda murojaat qilishlari mumkin:

Fuqarolarni qabul qilish kunlari: dushanba, seshanba, payshanba, juma.

Ish soatlari: soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Tushlik tanaffusi: 13:00 dan 14:00 gacha.

Yozma soʻrovlarni quyidagi elektron manzilga yuborish mumkin: ru.uzconsulate.yekt@mfa.uz.

Telefonlar: +7 343 272 31 66, +7 343 272 31 33.

Поделиться