O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Viloyat iqtisodiy sudlarida har juma kuni “TADBIRKOR KUNI” etib belgilandi

2019-02-05 | Jamiyat

Davlatimiz rahbarining “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu gʻoyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2019-yil 19-yanvardagi “Respublika sudlarining 2018-yilda odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati yakunlari hamda kelgusidagi vazifalari toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlangan edi.

Unda tadbirkorlik subyektlarining huquqiy ongini yuksaltirish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf qilish maqsadida iqtisodiy sudlar rahbarlarining boshqa davlat organlari va muassasalari bilan hamkorlikda sayyor qabullarni va uchrashuvlarni tashkil etish belgilangan.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan kuni kecha Buxoro viloyat iqtisodiy sudining tashabbusi bilan Buxoro tumanidagi “Gala Osiyo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji”da sayyor qabul, tadbirkorlar bilan uchrashuv, jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat sudlari va qator mavzulardagi brifing tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari B.Isakov, Buxoro viloyat iqtisodiy sudining raisi M.Saidov hamda tuman mutasaddi organlari vakillari hamda 200 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Respublika Oliy sudi raisining oʻrinbosari Baxtiyor Isakov soʻzga chiqib, bugungi kunda sudlar oldida turgan asosiy vazifa xalqni ichiga kirib borib, fuqarolar va tadbirkorlarning dardini eshitish va yechishda amaliy yordam koʻrsatishdan iborat ekanligini alohida taʼkidladi.

Sayyor uchrashuvda tadbirkorlar faoliyatidagi mavjud qiyinchiliklar va muammolarni bartaraf etish borasida viloyat va tumanlarning masʼul mutasaddi idoralari bilan birgalikda tegishli tushuntirishlar berilib, amaliy yordam koʻrsatildi. Shuningdek, sudlarga murojaat qilish tartibi hamda tadbirkorlarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyoz va preferensiyalarni targʻib qiluvchi bukletlar tarqatildi.

Tadbir yakunida Buxoro viloyat hamda tumanlararo iqtisodiy sudlarida haftaning har juma kuni “TADBIRKOR KUNI” etib belgilandi.

Поделиться